12:12 / 15.01.2019
19548

Olmaota Markaziy Osiyodagi yashash uchun eng qulay shahar deb topildi

Foto: Vox populi

Numbeo tadqiqot servisi tomonidan tuzilgan, hayot sifati bo‘yicha dunyoning 226ta eng yaxshi shaharlari reytingida Markaziy Osiyodan faqat bitta shahar bor - Olmaota.

Servis shaharlarni tanlashni aholining sotib olish qobiliyati (qancha yuqori bo‘lsa, shuncha yaxshi), ifloslanish indeksi (qancha past bo‘lsa, shuncha yaxshi), uy-joy narxining fuqarolar daromadiga nisbati, hayot kechirish minimumi indeksi (qancha past bo‘lsa, shuncha yaxshi), xavfsizlik indeksi, sog‘liqni saqlash indeksi, yo‘l trafigi indeksi (qancha past bo‘lsa, shuncha yaxshi) va iqlim indeksini hisobga oluvchi formula yordamida amalga oshirdi.

Reytingda birinchi o‘rinni Kanberra (Avstraliya) egalladi. Ikkinchi o‘ringa Eydxoven (Niderlandiya) munosib ko‘rildi, uchinchi - Roli (Shimoliy Karolina, AQSh).

Shuningdek, birinchi o‘nlikdan Adelaida (Avstraliya), Tsyurix (Shveytsariya), Medison (Viskonsin, AQSh), Brisben (Avstraliya), Vellington (Yangi Zelandiya), Kolambus (Ogayo, AQSh) va Sharlott (Shimoliy Karolina, AQSh) joy oldi.

Mavzuga oid
Top