19:28 / 15.01.2019
30391

Oyda ilk o‘simlik o‘sib chiqdi

Foto: China National Space /Xinhua News

Xitoyning Oyning orqa tomoniga qo‘ngan “Chan'e 4” zondi bortida Lunar Micro Ecosystem mini-biosferasi yaratish bo‘yicha tajriba doirasida paxta urug‘laridan biri nish urdi. Shu tariqa Yerning tabiiy yo‘ldoshida Oy gravitatsiyasi sharoitida o‘sib chiqqan tarixdagi ilk va yagona o‘simlik paydo bo‘ldi. 

Lunar Micro Ecosystem o‘zidan uzunligi 18 santimetr va diametri 16 santimetr bo‘lgan silindrni aks ettirib, uning ichida paxta, raps, kartoshka va biologik tadqiqotlar uchun model organizm sifatida qo‘llanuvchi Arabidopsis thaliana deb nomlanuvchi o‘simlik bor. Bundan tashqari, konteynerga hashoratlar tuxumlari joylashtirilgan. Ular ochib chiqqandan keyin nafas olib, o‘simliklar uchun kerak bo‘ladigan karbonat angidrid ishlab chiqarishi kutilmoqda. Olimlarning g‘oyasiga ko‘ra, bunda sayyoramizdagi sharoitlarga o‘xshash, biroq past darajadagi gravitatsiya sharoitidagi yopiq mini-biosfera shakllanishi kerak. 

Tirik organizmlarning paydo bo‘lishi va o‘sishi ortidan kuzatuvchi mini-kamera olgan suratda paxta urug‘laridan faqat bittasi nish urganini ko‘rish mumkin.

Mavzuga oid
Top