10:20 / 16.01.2019
5899

Angliya Kubogida 1/16 finalning yana uchta ishtirokchisi ma'lum bo‘ldi

Angliya Kubogida 1/32 final bosqichning uchta takroriy o‘yinlari o‘tkazildi.

Uning natijalariga ko‘ra, «Sheffild Uensdey», «Nyukasl Yunayted» va «Shrusberi» klublari keyingi bosqich ishtirokchisiga aylanishdi. 16 yanvar kuni «Derbi» va «Sauthempton» bu bosqichning so‘nggi ishtirokchisini aniqlab berishadi.

Angliya Kubogi, 1/32 final
Takroriy o‘yinlar

Blekbern — Nyukasl Yunayted 2:4 (dastlabki o‘yin — 1:1)
Gollar: Armstrong, 33, Lenixen, 45+1 — Longstoff, 1, Robers, 22, Xoselu, 105+3, Peres, 106.

Luton — Sheffild Uensdey 0:1 (dastlabki o‘yin — 0:0)
Gol: Nuxiu, 46.

Stok Siti — Shrusberi Taun 2:3 (dastlabki o‘yin - 1:1)
Gollar: Kempbell, 20, 36 — Bolton, 71, Okenabirxi, 77 (pen), Loran, 81.

Avvalroq 28ta klub 1/16 finalga yo‘l olgan edi: «Suonsi», «Jillingem», «Uimbldon», «Vest Hem», «Vulverhempton», «Milluol», «Everton», «Brayton», «Vest Bromvich», «Bristol Siti», «Bolton», «Akkrington», «Donkaster», «Oldhem», «Chelsi», «Uotford», «Midlsbro», «Nyuport», «Manchester Siti», «Byornli», «Barnet», «Brentford», «Porsmut», KPR, «Arsenal», «Manchester Yunayted», «Kristal Pelas» va «Tottenhem».

Top