00:10 / 16.01.2019
10843
Eronning orbitaga sun'iy yo‘ldosh olib chiqishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi

Eron 15 yanvarda sun'iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqa olmadi. Qurilma belgilangan orbitaga chiqa olmagan, deb xabar berdi Eron televideniyesi. 

Eronning telekommunikatsiya ishlari vaziri Muhammad Javod Azariyning aytishicha, muvaffaqiyatsizlik raketa-tashuvchining 3-pog‘onasidagi muammo bilan bog‘liq bo‘lgan. 

Tehrondagi Amirkabir texnologik universiteti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan “Payom-a-Amirkabir” sun'iy yo‘ldoshi kosmik observatoriya bo‘lib xizmat qilishi kerak bo‘lgan. Ushbu qurilma Eron hududi suratlarini uchta spektrda uzatishi va koinotda radiatsiya nurlanishi o‘lchovlarini olib borishi rejalashtirilgan. 

Top