09:19 / 16.01.2019
12358

OAV: shifokorlar Trampning qo‘lidagi plastir tufayli «dramatik xulosalar»ga kelishdi

Foto: Mandel Ngan/AFP/Getty Images

Shifokorlar AQSh prezidenti Donald Trampning qo‘lidagi plastirdan tashvishga tushishdi, ushbu holatga avval jurnalistlar e'tibor qaratdi. Bu haqda Politico yozmoqda.

Nashrdan qayd etilishicha, shifokorlar Trampning qo‘lida plastir ko‘ringan fotosuratlarni o‘rganib chiqishgan. Shundan so‘ng, ular «dramatik xulosalar»ga keldilar, ammo Politico bu xulosalarga aniqlik kiritmadi.

Foto: AP Photo/Jacquelyn Martin

Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning nashrga tushuntirishicha, prezident o‘z o‘g‘li bilan o‘ynayotgan paytda qo‘lidan jarohat olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQShda «yarim asrda birinchi marta» dori-darmon narxlari arzonlashgani bilan maqtangandi.

Mavzuga oid
Top