8395.15 USD -6.38

9510.03 EUR -113.08

127.67 RUB -0.68

10869.2 GBP -122.52

08:31 / 16.01.2019 46800

Putin NATOni tanqid qildi va G‘arbga chaqiriq bilan chiqdi

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, NATOning o‘z ishtirokini mustahkamlash bo‘yicha harakatlari «halokatli» strategiya hisoblanadi. U Serbiyaning «Politika» gazetasiga bergan intervyusida o‘z fikrini bildirdi.

Prezidentning ta'kidlashicha, NATOning Yevropa davlatlarida kengayishga qaratilgan siyosati «sovuq urush» sarqiti sanaladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi kunda alyans Bolqon yarim orolidagi o‘z mavqeini kuchaytirish istagida.

«Biroq, buni amalga oshirib, u faqatgina Yevropa qit'asida bo‘linish yo‘lini qayta tiklamoqda, xavfsizlikning bo‘linmaslik tamoyilini qo‘pol tarzda buzmoqda», - dedi Putin.

Uning qayd etishicha, alyansning bunday harakatlari mintaqadagi barqarorlikni mustahkamlashga olib kelmaydi, balki faqat keskinlikni kuchaytiradi.

Shuningdek, Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb «shantaj, tahdid va provokatsiya usullarini» qo‘llamoqda, u g‘arbdagi hamkasblarini bunday siyosatni olib borish uslublaridan voz kechishga chaqirdi. 

Bundan tashqari, u G‘arbni xalqaro huquqni «hurmat qilish» va BMT Nizomida bayon etilgan tamoyillarga amal qilishga chaqirgan.

Putinning bildirishicha, Rossiya «xalqaro vaziyatni yaxshilash» yo‘lini «qat'iy hamda izchillik bilan» qo‘llab-quvvatlaydi.

Prezidentning xulosa qilishicha, jahon siyosatidagi keskinlik AQSh va «boshqa bir qator G‘arb davlatlari» harakati tufayli saqlanib qolmoqda. Uning fikricha, ular xatti-harakati «qarama-qarshilik va ishonchsizlik muhitini» yaratyapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Trampning NATOdan chiqish rejasi oshkor bo‘lgandi. 

Top