19:51 / 17.01.2019
65085

Dunyoning ikkinchi raqamli eng boy odami navbatda turib tahsinlarga sazovor bo‘ldi

Microsoft asoschisi Bill Geytsning Dick’s Drive-In fastfud restorani oldida oddiy odamlar kabi navbatda turgani surati Facebook’da Microsoft’ning sobiq xodimi Mayk Galos tomonidan e'lon qilingach, Geyts foydalanuvchilar tahsinlariga sazovor bo‘ldi.

Suratda Geyts qo‘llarini cho‘ntagiga tiqqancha navbatda turib, restoran tomon qarayotgan holda tasvirlangan. Ushbu suratga izohlarda “Oq uydagi taqlidchilardan farqli o‘laroq, haqiqiy boy odamlargina o‘zlarini bunday tutishlari” ta'kidlangan. 

Geyts tez-tez jamoat joylarida bo‘ladi. Milliarder Burgermaster fastfud tarmog‘i ixlosmandi sifatida nom chiqargan, shu sababli foydalanuvchilarni uning Dick’s Drive-In’ga kelishi ajablantirgan.

Twitter foydalanuvchilari milliarderning navbatda turishini ma'qullashgan. Ularning fikricha, dunyoning ikkinchi raqamli eng boy kishisi o‘zini oddiy odamlardek tutadi. Foydalanuvchilardan biri Apple ixlosmandi ekanligini, biroq Bill bu ishi bilan unda hurmat uyg‘otganini aytgan.

Izohlardan yana birida Microsoft boshpanasizlarga 500 mln dollar xayriya qilgani eslab o‘tilgan.

Geyts nomiga bildirilgan bunday maqtovli so‘zlar uning AQShda mashhurligi bilan tushuntiriladi. U 2018 yilda AQShning eng hurmat qilinuvchi erkaklari ro‘yxatida 5-o‘rinni egallagandi.

Mavzuga oid
Top