20:28 / 17.01.2019
29905

Osiyo Kubogi. O‘zbekiston Yaponiyaga yutqazdi. 1/8 finalda Avstraliya bilan o‘ynaymiz

Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogining guruh bosqichi nihoyasiga yetmoqda. Bugun F guruhi vakillari so‘nggi tur o‘yinlarini o‘tkazishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiya bilan bellashdi va 1:2 hisobida yutqazdi. 40-daqiqada Shomurodov hisobni ochgan edi. Oradan 3 daqiqa o‘tgach Muto uni tenglashtirdi. 58-daqiqada Shiotani uzoq masofadan chiroyli zarba yo‘llab, jamoasiga g‘alaba keltirgan golni urdi.

Natijada, Yaponiya 9 ochko bilan birinchi, O‘zbekiston 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab, pley-off ishtirokchisi bo‘lishdi. Bu esa O‘zbekiston terma jamoasining 1/8 finalda Avstraliya bilan o‘ynashini anglatadi. Yaponiyaning raqibi barcha o‘yinlar tugagach ma'lum bo‘ladi.

Osiyo Kubogi
F guruhi, 3-tur
17 yanvar
Yaponiya – O‘zbekiston 2:1
Gollar: Muto (43), Shiotani (58) – Shomurodov (40)

Top