8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

15:01 / 18.01.2019 4515

AQSh Xitoy tovarlariga bojlardan voz kechishi mumkin

Foto: AP

AQSh Xitoy tovarlariga bojlardan voz kechish g‘oyasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal munozaralardan xabardor manbalarga tayangan holda ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, bunday g‘oya moliya vaziri Stiven Mnuchinga tegishli. Nashrning qayd etishicha, shunday taklifning maqsadi Xitoy bilan savdo muzokaralarida olg‘a siljishga erishish va birgalikda uzoq muddatli islohotlarni amalga oshirish uchun aloqalarni yaxshilashga urinishdir.

Shuningdek, qayd etilishicha, AQSh savdo vakili Robert Laytxayzer bunday qarorga qarshi chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQShning «o‘rnini egallamaslikka» va'da bergandi.

XXR TIV rahbari Van Ining ma'lum qilishicha, Xitoy «uzurpator» (hokimiyatni yoki birovning huquqini qonunga xilof ravishda tortib olgan shaxs) bo‘lishga intilmaydi va kelajakda AQShning «o‘rnini egallashga» harakat qilmaydi. 

Van Ining ta'kidlashicha, amerikalik ayrim siyosatchilarning Xitoy kelajakda «AQShga shubhasiz chaqiriq tashlashi yoki uning o‘rnini egallashga harakat qilishi» borasidagi tashvishlari «noto‘g‘ri» hisoblanadi. Vazir qo‘shimcha qilishicha, Xitoy hukumati tinch rivojlanish yo‘liga qat'iy amal qilmoqda.

Top