18:39 / 18.01.2019
7401

Britaniya vazirlar mahkamasi a'zolari Tereza Meyga ommaviy iste'foga chiqish bilan tahdid qilishdi

Britaniya vazirlar mahkamasi a'zolari hukumat rahbari Tereza Meyga agarda jamoatchilik palatasi deputatlarining kelgusidagi hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvsiz Brexit amalga oshirilishini to‘xtatishga urinishlari taqiqlanadigan bo‘lsa, ommaviy ravishda iste'foga chiqish bilan tahdid qilishdi. Bu haqda The Daily Telegraph gazetasi xabar berdi.

"Menimcha, vazirlar bu masalada erkin ovoz berish huquqini qo‘lga kiritishlari uchun bosh vazirga kuchli bosim o‘tkaziladi", degan hukumat a'zolaridan biri.

Avvalroq Mey agarda parlament YeI bilan kelishuvni ma'qullamasa yoki Buyuk Britaniya uzil-kesil YeI tarkibida qolishni istasa, mamlakat 29 mart kuni Yevroittifoq tarkibidan hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvsiz chiqib ketishini bildirgandi.

Britaniya parlamenti deputatlari YeI bilan Brexit shartlari to‘g‘risidagi kelishuv loyihasini ma'qullamadi.  

Brexit shu yilning 29 martidan boshlanishi mo‘ljallangan.

Top