18:53 / 18.01.2019
25039

IIV Transportda jamoat xavfsizligini ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi IIV tizimida yangi lavozim tayinlovi ro‘y berdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Qodirov O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda jamoat xavfsizligini ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq vazirlik Transportda jamoat xavfsizligini ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Shavkat Mavlonov ichki ishlar vazirining Turizm va transport obektlarida xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Top