18:23 / 18.01.2019
26997

OAV: Chechenistondagi 158 nafar yirik amaldorning uchdan biri Ramzon Qodirovning qarindoshlari, 23 foizi hamqishloqlari

Foto: Said Tsarnayev / RIA Novosti

BBC rus xizmatining 2018 yildagi ma'lumotlariga ko‘ra, Chechenistondagi 158 nafar yirik amaldorlarning uchdan biri Ramzon Qodirovning bevosita qarindoshlari, 23 foizi hamqishloqlari, 12 foizi esa yaqin do‘stlaridir.

Jumladan, Qodirovning 5 nafar qarindoshlari respublika rahbari administratsiyasida, 8 nafari hukumat tarkibida, 5 nafari parlamentda faoliyat yuritadi. Shuningdek, Chechenistonning Moskvadagi va xorijdagi vakilliklari, sport va diniy tashkilotlarida rahbariyatida ham Ramzon Qodirov qarindoshlari bor.

Checheniston tashqi aloqa, matbuot va axborot vaziri Jambulat Umarovning fikricha, bu holat korrupsiyani keltirib chiqarmaydi, aksincha korrupsiyaga qarshi kurashishda yordam beradi

Top