18:28 / 18.01.2019
112716

O‘zbekiston birinchi prezidentining samolyoti sotildi

1997 yilda O‘zbekiston rahbariyati uchun maxsus ishlab chiqarilgan, Uzbekistan Airways kompaniyasining British Aerospace Avro RJ85 uchta samolyotidan bittasi (bort raqami UK-80001) sotildi.

AviaSpotter Telegram kanali ma'lumotlariga ko‘ra, bort O‘zbekiston birinchi prezidentiga xizmat ko‘rsatgan. 1997-2013 yillarda Islom Karimov bu samolyotda O‘zbekiston viloyatlari va yaqin xorijdagi davlatlarga parvoz qilgan.

Aviatsiya ixlosmandlari orasida samolyot «tulki» yoki «rijik» laqabini olgan. Ma'lum bo‘lishicha, qolgan «rijik»lar ham (UK-80002 va UK-80003) sotish uchun tayyor turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzbekistan Airways Dreamliner bo‘yicha rasmiy ma'lumot bergandi.

Mavzuga oid
Top