15:16 / 18.01.2019
7729

Yaponiya «Epsilon-4» raketasini uchirdi

Foto: twitter.com/JAXA_jp

Yaponiya bortida yettita sun'iy yo‘ldosh bo‘lgan «Epsilon-4» ixcham raketasini uchirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, raketa Utinoura kosmodromidan uchirilgan.

Ta'kidlanishicha, «Epsilon-4» qattiq yoqilg‘ida ishlaydi va uni uchirish deyarli inson ishtirokini talab qilmaydi.

Avvalroq, Yaponiya Yerga XKSdagi tajriba natijalari bo‘lgan kapsulani yetkazgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Oyga qo‘nish Xitoyga boshqa galaktikalarni o‘rganishda yordam berishi ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top