10:38 / 19.01.2019
22514
Odil Ahmedov: «Katta ishtiyoq evaziga Avstraliya to‘sig‘idan o‘ta olamiz»
Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Odil Ahmedov Avstraliyaga qarshi o‘yindan oldin O‘FA matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Yaponiyaga qarshi terma jamoamiz yaxshi o‘ynadi. Ammo mag‘lubiyatga uchrash hamisha yoqimsiz. Futbolda g‘alaba bilan mag‘lubiyat yonma-yon yuradi. Terma jamoada ichki muhit a'lo darajada, barcha keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

Oldinga qarab intilish kerakligini barcha yaxshi tushunib turibdi. 21 yanvar kuni bizni juda muhim o‘yin kutib turibdi, unda faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz, boshqa yo‘l yo‘q. 

Osiyo Kubogining amaldagi sohibini taslim etish oson emas, albatta. Avstraliya - kuchli terma jamoa. Ammo katta ishtiyoq evaziga bu to‘siqdan o‘ta olamiz, deb o‘ylayman. Ortimizda butun O‘zbekiston qo‘llab-quvvatlab turganini his qilmoqdamiz. Bu bizga juda katta kuch bermoqda. Ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q!», - dedi Odil Ahmedov.

Mavzu
Osiyo Kubogi
2019 yilning 5 yanvar - 1 fevral kunlari BAAda futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi bo‘lib o‘tadi.
Barchasi
Top