01:07 / 20.01.2019
8791

BAA va Saudiya Arabistoni umumiy kriptovaluta yaratishni rejalashtirmoqda 

Foto: RIA Novosti / Vladimir Astapkovich

BAA va Saudiya Arabistoni strategik sheriklikni mustahkamlash doirasida umumiy kriptovaluta yaratish rejasini e'lon qildi. Bu haqda BAAning WAM axborot agentligi ma'lum qildi.   

Bu tashabbus haqida BAA-Saudiya Arabistoni muvofiqlashtirish kengashi ijroiya qo‘mitasining Abu-Dabidagi yig‘ilishida ma'lum qilindi. 2018 yil yozda ikki davlat tomonidan tashkil etilgan kengashga Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zoid Al Nahayon va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon boshchilik qilmoqda.

Kriptovalutani tatbiq qilishdan maqsad transchegaraviy to‘lovlarni yengillashtirish, texnologiyalarni rivojlantirish, kiberxavfsizlik sohasida xatarlarni baholash va yagona valutaning monetar siyosatga ta'sirini o‘rganish deb aytilgan. Dastlabki bosqichda kriptovalutadan ikki davlatning markaziy banklari va tijorat banklari foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Top