09:30 / 20.01.2019
28627

Payariq tumani hokimi ortidan birinchi o‘rinbosar ham almashdi

Samarqand viloyatining Payariq tumaniga hokimning birinchi o‘rinbosari tayinlandi.

Zarnews xabariga ko‘ra, viloyat hokimligining axborot-tahlil guruhi rahbari vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan O‘tkir Orifjonovich Hamroqulov Najmiddin Bahriyevich Sulaymonov o‘rniga tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimini egalladi.

Najmiddin Sulaymonov 2018 yil boshidan buyon hokimning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Bundan avvalroq, prezidentning Samarqand viloyatiga tashrifi ortidan Payariq tumani hokimi Abdumo‘min Sunnatovich Jo‘rayev o‘z arizasiga binoan vazifasidan ozod etilgandi.

Top