8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

00:14 / 20.01.2019 27391

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi sobiq elchisi garov puli evaziga ozod etildi  

Katta miqdorda davlat mablag‘larini o‘zlashtirishda gumon qilinayotgan Qozog‘istonning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Yerik Utembayev garov puli evaziga ozodlikka chiqarildi. Bu haqda Nur.kz nashri xabar berdi.

“Ostonaning ixtisoslashgan tumanlararo tergov sudi gumonlanuvchi Utembayev Yerik Mitlikbayevich uchun garov ko‘rinishida ehtiyot chorasi qo‘llashga rozilik berdi”, deyilgan Ostona sudi matbuot xizmatida.

Utembayev uchun qancha garov puli kiritilgani ma'lum qilinmagan.

Sobiq elchi davlatga 140 mln tengedan ko‘proq (360 ming dollardan ko‘proq) summaga ziyon yetkazishda gumon qilinmoqda. 2018 yilda Qozog‘istonning korrupsiyaga qarshi xizmati mablag‘lar Qozog‘istonning O‘zbekistondagi yangi elchixonasi qurilishi vaqtida soxta hujjatlar orqali o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilgan.

Top