19:29 / 21.01.2019
32706

O‘zbekiston va Germaniya 8 mlrd yevrolik loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishgan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal kansleri Angela Merkelning muzokaralari oldidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi.

Unda tomonlar o‘rtasida 8 milliard yevrodan ziyod qiymatdagi loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishilgani qayd etilgan.

«Tomonlar investitsiya va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi. O‘zbekiston Prezidenti tashrifi arafasida o‘tkazilgan biznes-forumda 8 milliard yevrodan ziyod qiymatdagi yangi loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgani, boshqa bitimlar bo‘yicha ishlar davom etayotgani ma'lum qilindi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.  

Shuningdek, nemis tili chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladigan maktablar tarmog‘ini kengaytirish, Germaniyaning yetakchi oliy ta'lim muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish borasidagi hamkorlik uchun ulkan salohiyat mavjudligi ta'kidlangan.

Top