10:40 / 22.01.2019
11062

«Barselona» Boatengni transfer qildi

Foto: FC Barcelona

«Sassuolo» yarimhimoyachisi Kevin-Prins Boateng rasman «Barselona» a'zosiga aylandi.

Kataloniyaliklar klubi 31 yoshli ganalik futbolchi transferi haqida e'lon qilgan. «Barsa» Boatengni mavsum yakunida 8 million yevroga sotib olish sharti bilan ijaraga olgan.

Futbolchining yarim yillik ijarasi uchun kataloniyaliklar 2 million yevro to‘lashgan.

Boateng o‘z faoliyati davomida «Milan» va «Shalke-04» kabi klublar safida muvaffaqiyatli to‘p surgan. U shuningdek, turli yillarda «Herta», «Tottenhem Hotspur», «Borussiya» Dortmund, «Porsmut», «Las-Palmas» va «Ayntraxt» kabi klublar a'zosi ham bo‘lgan.

Joriy mavsumda u A Seriyada 13 o‘yinda maydonga tushib, 4 gol urgan va bir golga uzatma bergan.

Top