8441.36 USD -14.01

9493.15 EUR -61.42

131.78 RUB +0.25

10963.6 GBP -96.83

15:22 / 22.01.2019 92935

​Dena aksiyasining bosh g‘olibiga o‘yinchoq Malibu topshirildi

G‘olib buni avvaliga «yaxshi hazil» deb atadi. O‘yin boshlovchisi ham unga qandaydir «arzimas qo‘shimcha» berish bilan kifoyalandi.

O‘tgan yil mamlakatimiz tarixida eng aksiyalarga boy yil bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Deyarli barcha sohadagi kompaniyalar savdo hajmini oshirish va iste'molchi e'tiborini jalb qilish uchun ayovsiz raqobatga kirishib ketishgandek musobaqalashdi go‘yo. «Dena» savdo belgisini ishlab chiqaruvchi «Marwin Brands» kompaniyasi ham bu karvondan quruq qolmay, aqlli soat, smartfon, Dubayga sayohat kabi sovrinlar bilan maydonga chiqdi. Bosh sovrin deb Malibu avtomobili e'lon qilingani esa, avval boshidanoq ba'zilarda shubha uyg‘otgani ham rost. Shunga qaramay, telegramda tashkil qilingan oxirgi o‘yinda 135 mingdan ziyod ishtirokchi chiptalari Malibuga da'vogarlik qildi.

Nihoyat, orziqib kutilgan daqiqalar kelib, Random.org sayti yordamida avtomobil o‘ynaladigan o‘yinda 10 ta g‘olib raqam tanlab olindi. Bundan murod, agar g‘olib deb topilgan chipta raqami egasi sharbat qutisini saqlab qo‘ymagan yoki o‘yinning boshqa qoidalarini buzganligi aniqlansa, sovrin qoidalarga to‘liq rioya qilgan ishtirokchi topilgunicha navbat bo‘yicha zaxiradagi chiptalarga o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo bunga hojat qolmadi: Doniyor Azizov go‘shakni ko‘tardi va ishonib-ishonmay qutini saqlab qo‘yganini tasdiqladi. Keyinchalik suhbatda, Doniyor do‘stlari yoki radio shou boshlovchilari hazillashishyapti deb o‘ylaganini tan oldi. Ma'lum bo‘lishicha, g‘olib bittagina Dena sotib olib, o‘yinda qatnashgan va hatto Malibu qachon o‘ynalishi haqida ma'lumotga ega ham bo‘lmagan. Yagona shaftoli ta'mli Dena qutisini esa, Orlando rusumli avtomobili o‘rindig‘i ostida har ehtimolga qarshi saqlab yurgan. «Men uchun Malibu katta yutuq. Lekin, omadim borligi menga undan ham katta quvonch bag‘ishlayapti» degan edi u suhbatlaridan birida.

Doniyor g‘olib bo‘lganiga ishonch hosil qilgach, yaqinlari va do‘stlariga bu xabarni aytadi. Lekin Doniyor ne umidlar bilan topshirish marosimiga kelganda Dena xodimlari «o‘yin ichida o‘yin» qilishgani uni hayratga soladi. Bayramona bezatilgan zavod hovlisiga kirib kelarkan, u hayajon borligini ochiq tan oladi. Boshlovchi balandparvoz gaplardan keyin unga stol ostidan oddiygina o‘yinchoq Malibuni uzatadi. G‘olib buni avvaliga «yaxshi hazil»ga yo‘yadi. Ammo o‘yin boshlovchisi Ahrorbek Qo‘shmatov ham uning yoniga qandaydir «arzimas qo‘shimcha» berish bilan kifoyalandi va marosimni yopiq deb e'lon qildi. Topshirish marosimidagi «o‘yin» tafsilotlarini quyidagi rasmiy videoda ham ko‘rishingiz mumkin.

Xayriyatki, boshlovchi «qo‘shib bergan» narsa haqiqiy qora rangli, bezatilgan Malibuning o‘zi ekan. U oxirgi soniyalarda maydonchaga kirib keldi.

Ma'lumot o‘rnida: Doniyor Azizov Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida tavallud topgan va 39-maktab o‘quvchisi bo‘lgan. Hozirda Yunusobod tumanida istiqomat qiladi. Xususiy tadbirkor, ish yuzasidan O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab ko‘p sayohat qiladi.

Reklama huquqi ostida

Teglar

Top