15:37 / 22.01.2019
6267

Pokistonda yuz bergan YTH oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi

Foto: Samaa TV

Pokistonning Balujiston viloyatida avtobus va yonilg‘i avtosisternasi to‘qnashuvi oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Geo TV telekanali xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, favqulodda hodisa Lasbela tumanida sodir bo‘lgan. Ichida o‘nlab yo‘lovchilar bo‘lgan avtobus Karachi shahridan Panjgurga qarab yo‘l olayotgandi. YTH oqibatida sizib chiqqan yonilg‘i olov keltirib chiqardi, ikkita mashina yonib ketdi.

Amaldorlar so‘ziga ko‘ra, halok bo‘lganlar jasadi DNK tekshiruvlaridan so‘ng qarindoshlariga topshiriladi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avariya boshqaruvni yo‘qotgan avtobus haydovchisining aybi tufayli sodir bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sudanda yuz bergan YTHda 14 kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top