12:24 / 22.01.2019
13050

Tahlilchilar KXDRda maxfiy raketa bazasini topishdi

Foto: REUTERS

Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) ekspertlari Shimoliy Koreyaning sun'iy yo‘ldosh suratlarini o‘rganib chiqishdi va «Sino-Ri» bazasida strategik ballistik raketalar joylashgani haqidagi xulosaga kelishdi. Bu haqda markaz saytida e'lon qilingan hisobotda aytiladi.

Tahlilchilarning aytishicha, ushbu harbiy obekt KXDR va Janubiy Koreya chegarasidagi qurolsizlantirilgan hududdan 212 km shimolda joylashgan. Ekspertlarning bildirishicha, u yerda Nodong-1 o‘rta radiusdagi raketalari bor.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ular 2018 yil dekabr oyida olingan sun'iy yo‘ldosh tasvirlarini o‘rganishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV AQSh va KXDR razvedkalari 10 yildan buyon aloqada ekani haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid
Top