16:05 / 22.01.2019
10314

Tojikistonda 4 balli yer silkinishi yuz berdi

Foto: Izvestiya

Tojikistonda yerosti silkinishlari yuz berdi, zilzila mahalliy vaqt bilan 9.33 qayd etilgan, deb xabar berdi RIA Novosti Tojikiston fanlar akademiyasi geofizika xizmatiga tayanib.

"Yerosti silkinishlari o‘chog‘i Dushanbe shahridan 10 kilometr masofada bo‘lgan. Epimarkazda yerosti silkinishlari kuchi 4 ballni, Dushanbeda 3-4 ballni tashkil etdi", degan agentlik suhbatdoshi.

Mamlakat favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi matbuot xizmati yer silkinishi natijasida qurbonlar va vayrongarchiliklar haqida xabarlar kelib tushmaganligini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid
Top