19:16 / 22.01.2019
18640

Yuliya Timoshenko Ukraina prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatildi

Foto: REUTERS/Valentyn Ogirenko

«Batkivshchina» partiyasi o‘z yetakchisi – Ukraina sobiq bosh vaziri Yuliya Timoshenkoni prezidentlikka nomzod etib ko‘rsatdi.  

Timoshenkoning saylovoldi dasturi mamlakatga yangi iqtisodiy yo‘nalish zarurligiga asoslanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uch yildan buyon 100dan ortiq ekspertlar ushbu yo‘nalishni ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda.  

Yuliya Timoshenkoning fikriga ko‘ra, Ukrainaning yangi iqtisodiy yo‘nalishi mamlakat moliyaviy siyosatini o‘zgartirishni – Milliy bank ustidan to‘liq davlat nazorati o‘rnatish, inflatsiyani to‘xtatuvchi amaldagi mexanizmlarni joriy etish, yangi soliq tizimini ishlab chiqish, kredit siyosatini o‘zgartirish va aholi daromadi darajasini oshirishni ko‘zda tutadi.

Yuliya Timoshenko Dnepropetrovskda tug‘ilgan bo‘lib, 58 yoshda. U 1998 yilda Oliy rada deputati sifatida siyosatga qadam qo‘ygan.

Mavzu
Ukrainada prezidentlik saylovlari
2019 yilning 31 martida Ukrainada prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. Saylovda ishtirok etish uchun 44 nomzod, shu jumladan mamlakatning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenko hujjat topshirgan.
Barchasi
Top