15:33 / 23.01.2019
5171

2018 yilda xususiy sektorga 842 ta davlat aktivi sotildi

Foto: Pinterest

2018 yilda xususiy sektorga 842 ta davlat aktivi 113,6 mlrd so‘mga sotildi. Bu haqda Davlat raqobat qo‘mitasi hisobotida aytiladi.

Shundan 498 tasi 670,0 mlrd so‘m, 187,1 mln dollar miqdorda investitsiya kiritish va 15,5 mingta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan «nol» xarid qiymatida sotilgan.

Hammasi bo‘lib investorlar 814,4 mlrd so‘m va 792 ming dollar miqdorida, 18,4 mingta yangi ish o‘rinlari yaratish majburiyatini oldi.

Hisobot davrida jami bo‘lib 21842 ta korxona va muassasalar ro‘yxatga olindi, shundan 1908 tasi davlat tashkilotlari hamda 19934 tasi muassasa va idoralar. 22,1 mingta bino va inshootlar ijaraga berildi, 40,3 mingta ish o‘rinlari yaratildi.

Davlat mulki obektlarini ijaraga berishdan jami 135,0 mlrd so‘m mablag‘ tushdi, shundan 32,6 mlrd so‘m mahalliy budjetlarga yo‘naltirildi.

Mavzuga oid
Top