22:00 / 23.01.2019
11023

Balotelli yangi klubga o‘tdi

«Nitssa» hujumchisi Mario Balotelli erkin agent maqomida «Marsel»ga o‘tdi.

Provansalliklar 28 yoshli italiyalik bilan mavsum oxiriga qadar shartnoma imzoladi. «Marsel» Balotelliga 4 million yevro maosh to‘laydigan bo‘ldi. Agar Mario 10ta gol ursa 600 ming yevro, o‘zini yaxshi tutib, axloq me'yorlaridan chetga chiqmasa yana 800 ming yevro miqdorida bonus oladi.

Balotelli «Nitssa»ga 2016 yilda o‘tgan edi. U jami 61ta o‘yinda maydonga tushib, 33ta gol urdi.

Ushbu futbolchi «Inter», «Manchester Siti», «Milan» va «Liverpul» klublarida ham o‘ynagan.

Mavzuga oid
Top