18:48 / 23.01.2019
43950

IIBB ag‘anagan “shakarli” “KamAZ” bo‘yicha ma'lumot berdi

Bugun, 23 yanvar kuni, soat taxminan 13.00da Toshkent xalqa avtomobil yo‘lining Yashnobod tumanidagi “Vodiy” kafesi yonidan o‘tgan qismida “KamAZ” va “Jiguli” mashinalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir etildi.  

“KamAZ” haydovchisi, 28 yoshli Salohiddin Yu. oldinda harakatlanayotgan avtomobillarni quvib o‘tish chog‘ida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetida turgan “Jiguli” yengil avtomobili bilan to‘qnashgan. YTH natijasida “KamAZ” ag‘anab, unga ortilgan qoplardagi shakar mahsuloti pastga to‘kilgan.

Yo‘l transport hodisasi natijasida hech kim jabrlanmagan: “Jiguli” avtomobilida to‘qnashuv paytida hech kim bo‘lmagan, “KamAZ” haydovchisi ham sog‘-salomat, deyiladi IIBB xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kun.uz’da “Qo‘yliqda shakar to‘la “KamAZ” “Jiguli” ustiga ag‘anadi” nomli xabar va voqeadan keyingi vaziyat tasvirlangan videolavha e'lon qilingan edi. 

Top