18:10 / 23.01.2019
8153
Ukraina MDH doirasidagi bir nechta kelishuvlardan chiqdi
Foto: egemen.kz

Ukraina hukumati Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi doirasidagi bir nechta kelishuvlardan chiqish haqida qaror qabul qildi.

TASSning bildirishicha, Kiyev "Davlatlararo iqtisodiy axborot almashish to‘g‘risida"gi, "Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida axborot almashish to‘g‘risida"gi hamda " Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida"gi bitimlardan chiqqan.

O‘tgan haftada Ukraina MDHda ko‘rgazma-yarmarka faoliyatini rivojlantirish to‘g‘risidagi kelishuvdan chiqib ketgandi. Kiyevning bildirishicha, bu hujjat eskirgan va mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning hozirgi holatiga to‘g‘ri kelmaydi.

Top