14:48 / 23.01.2019
9124

Xitoy AQSh razvedkasining yangi strategiyasi tufayli protest bildirdi

Foto: AP Photo / Ng Han Guan, File

XXR Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chuninning ma'lum qilishicha, Xitoy XXR va Rossiya Qo‘shma Shtatlarning raqiblari deb atalgan, AQShda razvedka sohasida Yangi milliy strategiya e'lon qilingani tufayli protest bildiradi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Xabar berilishicha, strategiyada ommaviy qirg‘in qurollariga ega chiqish va qo‘llash orqali AQSh manfaatlariga falokatli darajada zarar yetkazish maqsadida turli imkoniyatlarni izlayotgan «ko‘plab raqiblar» haqida aytiladi.
 
«AQSh shunga o‘xshash bir qator hisobotlar chiqardi, ularda Rossiya va Xitoyga qarshi asossiz ayblovlar ilgari surilgan. Biz shu munosabat bilan bunga protest bildiramiz», - deya qayd etib o‘tdi Chunin.

Xitoylik diplomat AQShni butun dunyoda aloqalarni yaxshilash va tinchlikni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘proq harakat qilishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh razvedkasi Rossiyaning harakatlaridan xavotirda ekani xabar qilingandi.

Top