11:17 / 24.01.2019
10068

Pompeo: Trampning bosimi NATOga 100 mlrd dollar topishga yordam berdi

Foto: John Thys/AFP/Getty Images

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, Amerika prezidenti Donald Trampning NATOga bosimi alyansni qo‘shimcha moliyaviy resurslar izlashga majbur qildi.

Uning qayd etishicha, bu yil NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg taxminan 100 mlrd dollarga o‘sgan budjetni nazorat qilmoqda.

«Bu agar prezident Tramp hamkorlarga bosim o‘tkazmaganda, juda kam bo‘lardi. Hozir esa raqamlar ancha o‘sdi», - dedi Pompeo.

Shuningdek, uning fikricha, Tramp ma'muriyati harakatlari NATOga Qo‘shma Shtatlardagi barcha sobiq ma'muriyatlarga qaraganda ko‘proq foyda keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampning NATOdan chiqish rejasi oshkor bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top