16:34 / 24.01.2019
11165

Shotlandiya hukumati sobiq rahbari hibsga olindi. U shilqimlikda ayblanmoqda

Foto: Jane Barlow/PA

Shotlandiya politsiyasi hukumat sobiq rahbari Aleks Salmondni hibsga oldi. U bir necha yil muqaddam ikki ayolga jinsiy shilqimlik qilishda ayblanmoqda.

24 yanvar kuni tushdan keyin Salmond garov puli to‘g‘risidagi eshituvlarda sud oldida javob beradi.

Aleks Salmond - 2007 yildan 2014 yilga qadar Shotlandiya hukumati rahbari, mintaqa mustaqilligi tarafdori bo‘lgan Shotlandiya so‘l markaz milliy partiyasi yetakchisi. Salmond shotlandiyaliklar Buyuk Britaniya tarkibida qolishga rozi bo‘lgan referendumdan bir kun o‘tib iste'foga chiqdi. 2017 yildan boshlab RT kanalida mualliflik dasturiga ega.

Mavzuga oid
Top