19:57 / 24.01.2019
8586

Urganchda patrul-post xizmatining muntazam maskanlari o‘rnatilmoqda

Urganch shahrining markaziy ko‘chalari, sayilgohlari va dahalarida patrul-post xizmatining muntazam maskanlari o‘rnatilmoqda. Bu haqda Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati xabar beradi.

Yaqin atrofga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari orqali hududni bevosita kuzatib, tahlil etib borish, biror xavf-xatar yoki huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, hodisa joyiga zudlik bilan IIB xodimlarining yetib borishini ta'minlash bu maskanlarni o‘rnatishda asosiy maqsad qilib belgilangan.

Maskanning devorlarida hududiy ichki ishlar organlari navbatchilik qismining telefon raqamlari qayd etilgan, bu jinoyat va hodisalar to‘g‘risida fuqarolarning ichki ishlar organlariga telefon orqali ham murojaat qilishi uchun imkoniyat tug‘diradi. Bu maskanlarda IIB xodimlarini kechayu-kunduz faoliyat olib borishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan.

Yaqin kunlarda Urganch shahrida patrul-post xizmatining bu kabi maskanlaridan o‘ntasini o‘rnatish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid
Top