16:23 / 24.01.2019
18811

Yekaterinburgda bojxonachilar O‘zbekiston fuqarosini ushlashdi. U barmoq izlarini olish qurilmasi bilan qo‘lga tushgan

Foto: utu.customs.ru

Yekaterinburgda aeroport bojxonachilari Toshkent-Yekaterinburg reysi bilan uchib kelgan yo‘lovchini «yashil yo‘lak»dan o‘tayotgan paytida ushlashdi. U barmoq izlarini olish qurilmasini olib kirmoqchi bo‘lgan, deb xabar bermoqda Ural bojxona boshqarmasi matbuot xizmati.

Erkakning so‘zlariga ko‘ra, qurilmani Moskvada sotib olgan va O‘zbekistonga olib ketayotgan bo‘lgan. U yerda esa uni mahalliy ichki ishlar organlariga sotishni mo‘ljallagan.

«Shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan tovarlar bojsiz olib kiriladi. Aniqki, bunday texnikani shaxsiy maqsadlarda foydalanishning iloji yo‘q. Olib qo‘yilgan tovarni ekspertizaga topshirdik, ma'muriy huquqbuzarlik bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirdik. Yo‘lovchi deklaratsiyadan o‘tkazilmagan tovar uchun jarimaga tortiladi», - deya aytib o‘tdi bojxona posti rahbari Dmitriy Shishkin.

Top