13:55 / 25.01.2019
19215

IIV avtotransport vositalari bo‘yicha eslatma bilan chiqdi

Illyustrativ foto

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan transport vositalari, shuningdek, trolleybuslar va tramvaylar majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ushbu nizom bilan yuridik shaxslarga qarashli bo‘lgan avtomototransport vositalarining texnik ko‘rigi 1 martdan 30 iyungacha, jismoniy shaxslarga qarashli bo‘lgan avtomototransport vositalarining texnik ko‘rigi esa 1 yanvardan 31 avgustgacha o‘tkaziladi.

«Unutmang, yo‘lovchi tashuvchi va xavfli yuklarni tashuvchi transport vositalari bir yilda ikki marta, birinchi bosqich 1 martdan 30 iyungacha, ikkinchi bosqichda esa, 1 sentyabrdan 31 oktyabrgacha majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Avtomototransport vositangizni majburiy texnik ko‘rikdan belgilangan vaqtda o‘tkazishni unutmang, chunki texnikaning sozligi xavfsizlik garovidir», - deyiladi IIV xabarida.

Top