08:32 / 25.01.2019
17608

Krishtianu Ronaldu Portugaliya davlat mukofotlaridan mahrum etilishi mumkin

Foto: REUTERS

Portugaliya terma jamoasi va “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya davlat mukofotlaridan mahrum etilishi mumkin. Bu haqda “Sovetskiy sport” nashri xabar berdi. 

Avvalroq Madrid sudi hujumchini “Real” klubida to‘p surgan vaqtida soliq firibgarliklarini sodir etgani uchun 23 oylik shartli qamoq jazosi va 18,8 mln dollarlik jarimaga tortgandi. Shu sababli Portugaliya prezidenti Marselu Rebelu di Soza futbolchi davlat mukofotlaridan mahrum etilishi mumkinligini aytgan.

“Qonun juda oddiy: vazirlar mukofotlarning yo‘qotilishiga olib keladigan biror ish yuz bergan-bermaganini hal qilishadi. Qonuniy vakolatlarga ega bo‘lganlarga hal qilishga ijozat berish va bu yerda qonunni qo‘llash mumkinligiga qarash kerak”, deb aytgan Portugaliya prezidenti. 

“Oltin to‘p”ning besh karra sohibi Ronaldu milliy terma jamoa safida 2016 yilgi Yevropa chempionatidagi g‘oliblik uchun Portugaliya oldidagi xizmatlari milliy ordeni Katta xoch kavaleri hisoblanadi. Ronaldu, shuningdek, 2014 yilda Infant don Enrike ordenining Buyuk zobit darajasidagi yulduzi bilan taqdirlangan.   

Mavzuga oid
Top