00:27 / 25.01.2019
2956
Shotlandiyaning sobiq bosh vaziri garov puli evaziga ozodlikka chiqarildi 

Shotlandiyaning sobiq bosh vaziri, shilqimlikda ayblangan 64 yoshli Aleks Salmond garov puli evaziga ozodlikka chiqarildi. 

Salmond 14 ta band bo‘yicha, jumladan zo‘rlashga ikkita urinishda, hujum qilishda va jamoat tartibini buzishda ayblanmoqda. Salmondning o‘zi aybsizligini aytgan. 24 yanvarda ushbu ish bo‘yicha birinchi yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.  

The Telegraph nashrining ta'kidlashicha, Salmond nomusga tegish bilan bog‘liq mojaro markazida qolgan. 2018 yil yozida ikki ayol uni bosh vazir bo‘lgan vaqtida shilqimlik qilishda ayblagan. Gap 2013 yildagi voqealar haqida bormoqda.

Salmond Shotlandiya hukumatini 2007 yildan 2014 yilgacha boshqargan, Shotlandiya milliy partiyasi yetakchisi bo‘lgan.

U ayni vaqtda RT kanalida o‘zining siyosiy shousini olib boradi.

Keyin sud yig‘ilishi sanasi hali belgilanmagan.

Top