15:01 / 26.01.2019
8817

«Atletiko» yetakchisi «Inter»da tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Foto: Getty Images

«Atletiko» sardori Diyego Godin «Inter»da tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.

Sky Spors nashri ma'lumotiga ko‘ra, 30 yoshli urugvaylik futbolchi «Inter» bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. Unga ko‘ra, Godin yangi klubida 4,5 million yevro miqdorida maosh oladi.

Ushbu futbolchining «Atletiko» bilan shartnomasi joriy yilning yozida yakuniga yetadi, u shu tufayli 1 yanvardan bo‘lajak klubi bilan muzokara o‘tkazishi mumkin bo‘ldi.

Bundan avvalroq «Atletiko» muxlislari Godindan klubda qolishni so‘rashgani haqida xabarlar berilgandi.

Mavzuga oid
Top