15:46 / 26.01.2019
4290

Markaziy Osiyo Qilichbozlik konfederatsiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi 

Foto: Pinterest

Adliya vazirligida Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyalarini birlashtiruvchi Markaziy Osiyo Qilichbozlik konfederatsiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

“Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, ushbu tashkilotning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo mamlakatlarida qilichbozlikni rivojlantirish va ommaviylashtirish, qilichbozlikning nufuzini oshirish hisoblanadi.

Shuningdek, konfederatsiya Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining (FIE) boshqa sub'yektlari bo‘lgan qilichbozlik federatsiyalari bilan o‘zaro aloqalar va hamkorlikni ham amalga oshiradi.

Top