16:37 / 27.01.2019
9749

O‘zbekiston va Tojikiston davlatlararo chegara chizig‘ini demarkatsiya qilishga tayyorgarlikni davom ettirmoqda

Foto: Asia-Plus

21-27-yanvar kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasini demarkatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy masalalarini kelishish bo‘yicha O‘zbekiston va Tojikiston delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, muzokaralar chog‘ida tegishli normativ-texnik hujjatlar loyihalari tayyorlandi.

Ushbu hujjatlar asosida demarkatsiya ishlarini o‘tkazish uchun hududlarda davlat chegarasi chizig‘ini aniqlash bo‘yicha muzokaralar jarayoni boshlanadi.

Tadbir yakuniga ko‘ra Bayonnoma imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil mart oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega davlat tashrifi chog‘ida tojik-o‘zbek davlat chegarasi alohida uchastkalari bo‘yicha Tojikiston - O‘zbekiston bitimi imzolangandi.

O‘tgan yilning 19 aprelida Tojikiston parlamenti ushbu bitimni ratifikatsiya qildi.

Mavzuga oid
Top