16:55 / 28.01.2019
7170
Qo‘shnisining uyidan 21 mln so‘m pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

2019 yil 26 yanvarga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida yashovchi M.U.ning uyiga devor orqali kirib, xonasidan 21 mln so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni uy egasining qo‘shnisi M.T. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Top