17:03 / 29.01.2019
9729

Falastin hukumati rasman iste'fo berdi

Foto: Anadolu Agency/Getty Images

Qarorgohi Ramalloh shahrida bo‘lgan Falastin hukumati rasman iste'fo berdi. Bu haqda Asharq Al-Awsat gazetasi xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Falastin bosh vaziri Rami Hamdalla boshchiligidagi mahkama to‘liq tarkibda rasman iste'foga chiqqan.  

Hukumatning barcha a'zolari yangi mahkama shakllanguniga qadar o‘z vazifalarini bajarishda davom etishadi.

Avvalroq mamlakat prezidenti boshchiligidagi FATH harakati markaziy qo‘mitasi Falastin ozodlik tashkilotining barcha fraksiyalarini o‘z ichiga olgan yangi hukumatni shakllantirishni tavsiya qilgandi.

Bosh vazirning rasmiy vakili Yusuf al Mahmudning aytishicha, "bosh vazir mahkamani Abbos ixtiyoriga topshirgan". 

Mavzuga oid
Top