09:46 / 30.01.2019
16069

FT: Tramp va Putin G20’da 15 daqiqa yakkama-yakka suhbatlashgan

Foto: EPA

2018 yilning noyabr oyida Buenos-Ayresdagi G20 sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh yetakchisi Donald Tramp guvohlarsiz 15 daqiqa davomida suhbatlashgan. Bu haqda Financial Times manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ularning shaxsiy suhbati yetakchilar binodan chiqishga qarab ketayotgan vaqtida sodir bo‘lgan. Tramp rafiqasi Melanya va Putin tarjimon bilan 15 daqiqa davomida yakkama-yakka suhbatlashgan hamda teatrni eng oxirgi tark etganlar orasida bo‘lishgan.

Manba so‘zlariga ko‘ra, prezidentlar tashqi siyosat masalalari, Kerch bo‘g‘ozidagi vaziyat hamda Suriyadagi mojaroni muhokama qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gruziya prezidenti Tramp bilan Putindan avval uchrashmoqchi ekani xabar qilingandi.

Top