11:53 / 30.01.2019
10477

Habib UFC’da Abubakr Nurmagomedov va Tuxugovning diskvalifitsikatsiya muddati tugamaguncha jang o‘tkazmaydi

Foto: Ethan Miller/Getty Images

UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov o‘z jamoasi a'zolari - Zubayra Tuxugov va Abubakr Nurmagomedovning diskvalifikatsiya muddati tugamagunga qadar UFC’da jang o‘tkazmaydi. Bu haqda rossiyalik jangchining menejyeri Rizvan Magomedov xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov to‘qqiz oyga janglardan chetlatildi va 500 ming dollarlik jarimaga tortildi. Tuxugov va Abubakr Nurmagomedov bir yilga diskvalifikatsiya qilindi hamda 25 ming dollar miqdorida jarima to‘lash majburiyatiga ega bo‘ldi. Barcha chetlatishlar muddati 2018 yil 6 oktyabrdan hisoblanadi.

«Abubakr va Zubayr diskvalifikatsiya qilingan ekan, Habib jang o‘tkazmaydi», - deya Magomedovning so‘zlarini keltiradi Sport24.

Magomedovning so‘zlariga ko‘ra, Habib bezorilikka qarshi qaratilgan ijtimoiy dasturda ham ishtirok etishni rejalashtirmayapti. Dasturda ishtirok etganlik uchun jangchining diskvalifikatsiya muddati uch oyga qisqartirilishi mumkin.

«Bizning fikrcha, Abubakr va Zubayra bir yilga adolatsiz ravishda chetlatildi. Ushbu qarordan norozimiz. Ijtimoiy rolikka kelsak, biz uni ko‘rmaymiz, deb o‘ylayman», - dedi menejyer. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fyodor Yemelyanenko Nurmagomedovning xatti-harakatlari haqida gapirgandi.

Mavzuga oid
Top