16:14 / 30.01.2019
11162
Reklama

​“Qishloq qurilish bank” 24/7 shoxobchalari tarmog‘i kengaymoqda

Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” aholiga qulaylik yaratish va zamonaviy  xizmatlar  ko‘lamini  kengaytirish maqsadida respublika bo‘ylab 24/7 rejimida, kecha-yu kunduz,xodimsiz uzluksiz xizmat ko‘rsatadigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tarmog‘ini tobora kengaytirmoqda.

Foto: Qishloq qurilish bank

Kuni kecha shunday shoxobchalardan biri Samarqand mintaqaviy filiali tomonidan foydalanishga topshirildi. Shoxobcha zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi bankomat, infokiosk qurilmalari bilan jihozlangan.

Yana bir muhim jihati, mazkur shoxobchaga avtomatlashtirilgan valuta ayirboshlash imkonini beruvchi bankomat joylashtirilgan.Endilikda ushbu bankomat orqali fuqarolar, turistlar kecha-yu kunduz, kunning istalgan vaqtida AQSh dollarini  ayirboshlashi mumkin!

Foto: Qishloq qurilish bank

“Qishloq qurilish bank”ning Samarqand mintaqaviy filiali ayni vaqtda 842 ta yuridik shaxslarga, 465 ta xususiy tadbirkorlarga va 54936 ta jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Filial tomonidan chet ellik sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida China Union Pay xalqaro to‘lov tizimi bilan integratsiyalashtirilgan 124 ta to‘lov terminallari o‘rnatilgan.

Foto: Qishloq qurilish bank

Shuningdek, bankning korporativ plastik kartochkasiga ega bo‘lgan mijozlar "Internet-banking", "Mobile-banking" kabi masofadan xizmat ko‘rsatish dasturlari orqali o‘z korporativ kartochkalari hisobvarag‘ida kunning istalgan vaqtida bankka bormasdan va ortiqcha hujjatlar taqdim etmasdan pul o‘tkazishlari mumkin.

Yana bir yangilik - ATB “Qishloq qurilish bank” plastik kartochkalari hisobvaraqlarini kunning istalgan vaqtida naqd pul shaklida to‘ldirish imkoniyatlari yaratilgan.

Shu kunlarda 24/7 shoxobchalari bank filiallari tomonidan Urganch, Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarida ham ishga tushirildi va bank tizimidagi bunday shoxobchalar soni 20 taga yetdi.

Foto: Qishloq qurilish bank

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Veb-sayt:www.qqb.uz

Telegram: https://t.me/QQBANK

Facebook: FB.com/official.qqb.uz

Reklama huquqi asosida

Top