8441.36 USD -14.01

9493.15 EUR -61.42

131.78 RUB +0.25

10963.6 GBP -96.83

19:17 / 30.01.2019 10314

Saudiya Arabistonida toshqinlar oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi 

Foto: Saudi Arabia Civil Defence / Twitter

Saudiya Arabistonida toshqinlar oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Saudiya Arabistonining SPA axborot agentligiga iqtibos keltirgan holda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.    

Ta'kidlanishicha, Saudiya Arabistonining turli hududlarida 27 yanvardan beri kuchli yomg‘irlar yog‘ishda davom etmoqda. 

Oxirgi kunlarda qutqaruvchilar 271 kishiga yordam ko‘rsatishgan. Qirollikning shimolidagi Tabuk shahridan 137 kishi evakuatsiya qilingan.

Top