11:02 / 31.01.2019
14468
Oqdaryo tumani hokimi lavozimga rasman tasdiqlandi

Bugun, 31 yanvar kuni, xalq deputatlari Oqdaryo tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Samarqand viloyati hokimining telegramdagi kanalida xabar qilinishicha, sessiya ishida viloyat hokimligi vakillari, viloyat va  tuman tashkilotlari rahbarlari hamda xalq deputatlari tuman kengashining deputatlari qatnashishgan.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Shu kunga qadar Oqdaryo tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Feruz Ne'matullayevich Abilov Oqdaryo tuman hokimi etib rasman tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, Feruz Abilov 2018 yilning 2 avgust kuni Oqdaryo tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. Undan avval u «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati investitsiyalarni jalb qilish, investitsion loyihalarni amalga oshirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatgan. 

Top