14:52 / 31.01.2019
15210

Qozog‘iston o‘z tashuvchisini «Bishkek-Toshkent» avtobus reysiga kiritishni talab qildi

Foto: mfa.gov.kg

Qozog‘iston o‘z hududi orqali «Bishkek-Toshkent» tranzit avtobusi o‘tishini taqiqladi. Bu haqda OAV Qirg‘iziston tashuvchisi - «Trans-Soyuz-Aziya» OAJga asosan xabar bermoqda. Qirg‘iziston Transport vazirligi matbuot xizmati Qozog‘iston tomoni «Bishkek-Toshkent» reysidagi avtobuslarni o‘tkazmayotganini tasdiqlagan.

Qirg‘iziston OAV ma'lumotiga ko‘ra, 2018 yil dekabrida tashuvchilar yo‘lovchilarning iltimosiga ko‘ra harakatlanish jadvalini biroz o‘zgartirdilar. Biroq, Qozog‘iston tomoni bu muvofiqlashtirilmay qilinishi noqonuniy ekanligini bildirgan. Tashuvchilar barcha kerakli hujjatlarni tayyorlab, ularni Qozog‘iston rasmiylariga jo‘natishdi. Lekin javob hali olinmagan.

OAVdan qayd etishlaricha, Qozog‘iston Transport qo‘mitasi qozoq tashuvchisini «Bishkek-Toshkent» xalqaro yo‘nalishida xizmat ko‘rsatishga kiritishni taklif qilgan. Xabarlarga ko‘ra, hozir muzokaralar davom etmoqda.

Transport vazirligi matbuot xizmati Qozog‘istonning o‘z kompaniyasini reysga qo‘shish bo‘yicha talabini ham tasdiqlamagan, ham rad etmagan. Ta'kidlanishicha, muzokaralar davom etmoqda.

Qirg‘iziston va O‘zbekiston 2018 yil may oyida Bishkekdan Toshkentga va teskari yo‘nalishda avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ydi - bu ikki davlat hukumatlari o‘rtasidagi muzokaralardan keyin yuz berdi. O‘zbekistondan reyslarni Mironshox Grand Trans, Qirg‘izistondan «Trans Soyuz-Aziya» tashuvchisi amalga oshirmoqda.

Yo‘nalish uzunligi 601 km bo‘lib, avtobus to‘rtta chegara postlaridan o‘tadi: Qozog‘iston va Qirg‘iziston chegarasidagi «Chaldovar» hamda «Supatay Botir», shuningdek, Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasidagi «Jibek Joli» hamda «G‘isht ko‘prik».

Mavzuga oid
Top