15:28 / 31.01.2019
14264

Sankt-Peterburgda o‘ttizdan ortiq maktab va ma'muriy binolar evakuatsiya qilinmoqda

Foto: Victoria Viatris

Sankt-Peterburg shahrida binolardan biriga bomba o‘rnatilgani haqida kelayotgan anonim xabarlardan so‘ng, o‘ttizga yaqin maktab va turli ma'muriy binolardagi kishilar evakuatsiya qilinmoqda.

Ayni vaqtda anonim xabarlar maktablar elektron manziliga kelishda davom etmoqda, ma'lumotlar to‘la o‘rganilmoqda. Ommaviy evakuatsiyaga sabab bo‘lgan bir xil matnli tahdid xabarlari Bolgariyadagi mail.bg bepul pochta xizmati orqali kelyapti.

Unda shunday deyiladi: «Xayrli kun! Siz bilan gapni qisqa qilamiz. Sizning obektingiz hududida portlatish vositasi o‘rnatilgan! Evakuatsiyasiz qurbonlar bo‘lishi mumkin. Biz sizni ogohlantirdik. Xato qilmang, begunoh insonlarning qoni to‘kilishi mumkin. Bugun Piterda fojia yuz beradi... Biz aminmizki, hamma bombalarni zararsizlantirishga ulgurmaysiz».

Tahdid xabarlari maktablardan tashqari boshqa manzillarga ham jo‘natila boshlangan. Sankt-Peterburgdagi bir necha savdo markazlari va shifoxonalar ham evakuatsiya qilinmoqda.

Mavzuga oid
Top