8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

23:06 / 01.02.2019 3887

Angela Merkel Facebook’dan ketishini ma'lum qildi 

Foto: kremlin.ru

Germaniya kansleri Angela Merkel Xristian-demokratik ittifoq partiyasi rahbari lavozimidan ketgach Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasini befoyda deb atadi.  

Merkel shu munosabat bilan 2,5 mln obunachisiga videomurojaat yozib, unda sahifasini tez orada o‘chirib tashlashini ma'lum qilgan. 

“Men endi XDI raisi emasligimni bilasiz va shu sababli Facebook’dagi sahifamni yopmoqdaman”, deb aytgan Germaniya kansleri. 

Shu bilan birga Merkel uning kansler lavozimidagi faoliyati ortidan Germaniya hukumatining rasmiy sahifasida kuzatish mumkinligini aytgan. 

Bundan tashqari, Germaniya yetakchisi Instagram foydalanuvchisi bo‘lib qolishini ta'kidlab o‘tgan va o‘z obunachilarini u yerga chorlagan. 

Top